«qonunchilik palatasi» tegli maqolalar


Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirishga nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi
25 yanvar 2021, 23:57

Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirishga nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi

Prezident saylovlari oktyabr oyiga ko‘chirilishi mumkin. Bunda 2021 yilgi saylovlar tahminan 24 oktyabrga to‘g‘ri keladi. Qonunchilik palatasi saylov kuni o‘zgarishitirilishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hujjat loyihasi bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Bir oyda 10 trln so‘m soliq tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m, bu — normal raqam — DSQ raisi
18 noyabr 2020, 13:27

Bir oyda 10 trln so‘m soliq tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m, bu — normal raqam — DSQ raisi

Qonunchilik palatasi deputatlari 9 oyda ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m soliqni qaytarish masalasi bilan qiziqishdi. «Bir oyda 10 trln soliq tushumlari tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m bu normal raqam», — dedi DSQ raisi Sherzod Qudbiyev. U, shuningdek, ortiqcha to‘langan soliq tadbirkorlik sub’ekti murojaati yoki sudni qarori bilan qaytarilishini ma’lum qildi.

9 oyda tabiiy gazni qazib olish 19,6 foizga, gaz kandensati esa 34,7 foizga kamaygan
18 noyabr 2020, 12:14

9 oyda tabiiy gazni qazib olish 19,6 foizga, gaz kandensati esa 34,7 foizga kamaygan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 9 oyda tabiiy gazni qazib olish 19,6 foizga, gaz kandensati esa 34,7 foizga tushgani, bu dunyo bozoridagi talab kamayishi tufayli kuzatilgani aytildi. Deputat Maqsuda Vorisova, — «Ichki bozorda talab kundan-kunga oshib borayapti, tadbirkorlarni ham qish oldidan gaz tarmog‘idan uzishga majbur bo‘layapmiz, bunga qanday izoh berasizlar», — deya savol berdi. Energetika vaziri o‘rinbosari qo‘shma korxonalar eksportni to‘xtatgani va ishlab chiqarish shuning hisobiga qisqarganini ma’lum qildi.

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi
18 avgust 2020, 13:10

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting